Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko respublika o‘z hududida 10 ga yaqin “Oreshnik” komplekslarini joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishini kutmoqda.
"Menimcha, hozircha o‘ntacha, keyin ko‘ramiz. Agar rossiyaliklarda ko‘proq joylashtirish istagi bo‘lsa, biz ko‘proq joylashtiramiz," - dedi Lukashenko YEOII sammiti yakunida jurnalistning savoliga javob berar ekan.
Belarus prezidenti shu payt yaqin kelgan rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga o‘z so‘zlarini takrorladi. "Xo‘sh, o‘nta, undan ko‘pmi?" - deb javob berdi Putin. Lukashenko "zaxira bilan" gapirayotganini tushuntirdi.
Avvalroq Belarus va Rossiya prezidentlari 2025-yilda "Oreshnik" majmuasi va boshqa eng yangi rus qurollarini Belarus hududiga joylashtirishga tayyorligini bildirgani xabar qilingandi.