Los-Anjelesda Panama bayrog‘i ostidagi konteyner kemasida katta yong‘in yuz berdi.
Yong‘in Yaponiyadan endigina kelgan 330 metr uzunlikdagi Henry Hudson kemasining elektr palubasida portlashdan keyin kelib chiqqani aytilmoqda. Ba’zi manbalarda kema xavfli yuklarni tashiyotgani haqida so‘z boradi.
100 dan ortiq o‘t o‘chiruvchilar qutqaruv kemalari yordamida yong‘inga qarshi kurashmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, barcha 23 ekipaj a’zosi evakuasiya qilingan