Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Londondagi karnavalda yuzlab odam ushlandi

Londondagi karnavalda yuzlab odam ushlandi

Londonning Notting-Xill tumanida o‘tayotgan karnavalning birinchi kunida polisiya 169 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Independent nashri xabar berdi.

«Polisiya yakshanba kuni 169 kishi qo‘lga olinganidan so‘ng Notting-Xill karnavalining ikkinchi kuniga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu bilan birga, tadbirdagi umumiy muhit «asosan ijobiy va bayramona» deb baholangan», — deyiladi xabarda.

Polisiya ma’lumotiga ko‘ra, qo‘lga olishlar giyohvand moddalar va qurol saqlash, shuningdek, hujum hamda jinsiy xarakterdagi jinoyatlarda gumon qilinishi bilan bog‘liq.

Shuningdek, karnaval davomida pichoq bilan bog‘liq ikki hujum holati ham qayd etilgan.

Kiritildi: 16:41 31.08.2026. O'qildi: 721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!