Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Londonda O‘zbekiston dunyodagi eng yaxshi yangi sayyohlik yo‘nalish sifatida tan olindi

Londonda O‘zbekiston dunyodagi eng yaxshi yangi sayyohlik yo‘nalish sifatida tan olindi

Londondagi dunyoga mashhur "Tate Modern" ko‘rgazma galereyasida "Wanderlust Reader Travel Awards 2024" marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Buyuk Britaniyaning sayyohlari orasida mashhur bo‘lgan, turizm mavzusini yoritishga ixtisoslashgan "Wanderlust" jurnali o‘quvchilarining fikricha, O‘zbekiston "Eng orzu qilingan rivojlanayotgan manzil" ("Most Desirable Emerging Destination") nominasiyasida g‘olib deb topildi va mukofot bilan taqdirlandi.

E’tiborlisi, ushbu nominasiyada 10 ta davlat da’vogarlik qildi va yakunda bosh sovringa O‘zbekiston munosib ko‘rildi.

1993 yildan buyon chop etib kelinayotgan "Wanderlust" jurnali dunyodagi yetakchi sayyohlik bosma nashrlaridan biri hisoblanadi. Jurnal bosma shaklda va elektron formatda o‘quvchilarga taqdim etiladi.

Kiritildi: 11:40 09.11.2024. O'qildi: 1365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!