Londonda erkak mashinasini olomon ustiga haydadi. Natijada to‘rt nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan, ulardan birining ahvoli og‘ir. Haydovchi 31 yoshli erkak qotillikka urinishda gumonlanib hibsga olingan.
"Mashina qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan edi, shundan so‘ng u kutilmaganda tungi klub oldida piyodalar yo‘lagidagi olomon ustiga haydadi", deyiladi polisiya xabarida.
Polisiyaning taxminicha, qo‘lga olingan erkak avval tungi klubda janjalda qatnashgan. Departament hodisaning barcha holatlari bo‘yicha tekshiruv boshladi. Polisiya hodisaning terrorizmga aloqasi yo‘qligini qayd etdi.