O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘FA xabar bermoqda.
Superliga
«Qizilqum» — «So‘g‘diyona»
Superliga chempionatining 18-turi doirasidagi «Qizilqum» — «So‘g‘diyona» uchrashuvining 87-daqiqasida «So‘g‘diyona» futbol klubi futbolchisi Jasurbek Yoqubov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jasurbek Yoqubovga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
«Lokomotiv» — «Navbahor»
Superliga chempionatining 19-turi doirasidagi «Lokomotiv» — «Navbahor» uchrashuvi 67-daqiqasida «Lokomotiv» futbol klubi futbolchisi Jasur Hakimov raqib o‘yinchisining bosh qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jasur Hakimovga (Lokomotiv) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
OKMK — «Surxon»
Superliga chempionatining 18-turi doirasidagi OKMK — «Surxon» uchrashuvining 16-daqiqasida «Surxon» futbol klubi futbolchisi M. Abdurahmonov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyog‘iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Muhammadali Abdurahmonovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
Superliga chempionatining 18-turi doirasidagi OKMK — «Surxon» uchrashuvining 75-daqiqasida «Surxon» futbol klubi futbolchisi J. Xojiniyazov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jamoliddin Xojiniyazovga (Surxon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
«Surxon» — «Bunyodkor»
Superliga chempionatining 19-turi doirasidagi «Surxon» — «Bunyodkor» uchrashuvining 90+1-daqiqasida «Bunyodkor» futbol klubi futbolchisi Hamidullo Abdunabiyev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Hamidullo Abdunabiyevga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Superliga chempionatining 19-turi doirasidagi «Surxon» — «Bunyodkor» uchrashuvining 90+7-daqiqasida «Bunyodkor» futbol klubi futbolchisi Shaxboz Jo‘raboyev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shaxboz Jo‘raboyevga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Superliga chempionatining 19-turi doirasidagi «Surxon» — «Bunyodkor» uchrashuvining 90+1-daqiqasida «Bunyodkor» futbol klubi futbolchisi Andrija Filipovich bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Andriya Filipovichga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
«Nasaf» — OKMK
Superliga chempionatining 19-turi doirasidagi «Nasaf» — OKMK uchrashuvining 86-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi Sardor Rahmonov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sardor Rahmonovga (OKMK) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
O‘zbekiston Kubogi
«Paxtakor» — «Navbahor»
O‘zbekiston Kubogi 1/2 finali doirasidagi «Paxtakor» — «Navbahor» uchrashuvi birinchi bo‘limidan so‘ng «Paxtakor» futbol klubi sport direktori Shuhrat Maqsudov tribuna osti yo‘lakchasida mehmon jamoa rasmiylarga nisbatan o‘zini nomaqbul tutib, haqoratli so‘zlar ishlatib, tartibsizlik keltirgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shuhrat Maqsudovga (Paxtakor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Pro-liga
«Sho‘rtan» — «Orol»
Pro-liga musobaqasining 19-turi doirasidagi «Sho‘rtan» — «Orol» uchrashuvining 58-daqiqasida «Orol» futbol klubi futbolchisi Rasul Musayev to‘psiz vaziyatda oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Rasul Musayevga (Orol) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
Pro-liga musobaqasining 19-turi doirasidagi «Sho‘rtan» — «Orol» uchrashuvining 80-daqiqasida «Sho‘rtan» futbol klubi futbolchisi Timur Nabiyev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Timur Nabiyevga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Pro-liga musobaqasining 19-turi doirasidagi «Sho‘rtan» — «Orol» uchrashuvining 58-daqiqasida «Orol» futbol klubi futbolchisi Rasul Musayev to‘psiz vaziyatda oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Rasul Musayevga (Orol) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
Pro-liga musobaqasining 19-turi doirasidagi «Sho‘rtan» — «Orol» uchrashuvining 80-daqiqasida «Sho‘rtan» futbol klubi futbolchisi Timur Nabiyev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Timur Nabiyevga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
«Do‘stlik Toshkent» — «Mash’al»
Proliga musobaqasining 21-turi doirasidagi «Do‘stlik Toshkent» — «Mash’al» uchrashuvi yakunlangandan so‘ng «Do‘stlik Toshkent» futbol klubi ma’muri Farrux Rahmatov bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatib, qizil kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Farrux Raxmatovga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
Pro-liga musobaqasining 21-turi doirasidagi «Do‘stlik Toshkent» — «Mash’al» uchrashuvining 90+5-daqiqasida «Do‘stlik Toshkent» futbol klubi futbolchisi Saidmurod Karimov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Saidmurod Karimovga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Pro-liga musobaqasining 21-turi doirasidagi «Do‘stlik Toshkent» — «Mash’al» uchrashuvi yakunlangandan so‘ng «Do‘stlik Toshkent» futbol klubi murabbiyi Samug Dadayev bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatib, qizil kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Samug Dadayevga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
«Sho‘rtan» — «Qo‘qon-1912»
Pro-liga musobaqasining 21-turi doirasidagi «Sho‘rtan» — «Qo‘qon-1912» uchrashuvining 44-daqiqasida «Sho‘rtan» futbol klubi futbolchisi Javohir Hasanov simulyasiya uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Javohir Hasanovga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Pro-liga musobaqasining 21-turi doirasidagi «Sho‘rtan» — «Qo‘qon-1912» uchrashuvining 87-daqiqasida «Sho‘rtan» futbol klubi futbolchisi Nuriddin Hasanov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nuriddin Hasanovga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Pro-liga musobaqasining 21-turi doirasidagi «Sho‘rtan» — «Qo‘qon-1912» uchrashuvining 26-daqiqasida «Qo‘qon-1912» futbol klubi futbolchisi Asliddin Toshtemirov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Asliddin Toshtemirovga (Qo‘qon-1912) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Pro-liga musobaqasining 21-turi doirasidagi «Sho‘rtan» — «Qo‘qon-1912» uchrashuvining 26-daqiqasida «Qo‘qon-1912» futbol klubi futbolchisi Andro Giorgadze bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Andro Giorgadzega (Qo‘qon-1912) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.