Amerika ma’muriyati o‘zgarishiga qaramay, Qo‘shma Shtatlar kelajakda ham NATOning ishonchli hamkori bo‘lib qoladi, dedi Pentagon rahbari Lloyd Ostin.
– AQSh har doim ishonchli hamkor bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi, – dedi u matbuot anjumanida jurnalistlarga. – Mas’ullar almashinuvi va muayyan yondashuvlardagi tafovutga qaramay, biz ittifoqchilar, hamkorlarga sodiq qolamiz.