Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Liviya sohillarida 75 muhojir qutqarib olindi

Liviya sohillarida 75 muhojir qutqarib olindi

“Nadir” qutqaruv kemasi ekipaji Liviya qirg‘oqlari yaqinida 75 nafar noqonuniy muhojirni qutqarib oldi.

Fransiya OAVlarining yozishicha, hodisa 23 may, dushanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan.

Kema ekipajining sa’y-harakati bilan muhojirlar SOS Mediterranee gumanitar tashkilotining “Ocean Viking” kemasiga o‘tirildi va jabrlanganlarga shu yerda tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Hozirda kema bortida 233 nafar muhojir bor.

Voqea joyiga yetib kelgan boshqa Liviya kemasiga migrantlarni o‘tkazish rad etildi.

Tunis va Liviya noqonuniy muhojirlarning Yevropaga o‘tish yo‘lidagi tranzit nuqtalari hisoblanadi.

Har yili minglab muhojirlar O‘rtayer dengizi orqali Yevropaga o‘tishga harakat qilishadi. Ulardan ba’zilari yo‘lda vafot etadi.

Kiritildi: 23:58 23.05.2022. O'qildi: 2268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!