Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya Liviya shtab boshlig‘i general Muhammad Ali Ahmad al-Haddod bo‘lgan samolyot radardan yo‘qolganini tasdiqladi.
Bu haqda HaberGlobal nashri xabar bermoqda.
"Kecha kechqurun mahalliy vaqt bilan soat 20:10 da 9H-DFJ bo‘lgan Falcon 50 samolyoti Anqaradagi Esenbog aeroportidan Tripoliga yo‘l oldi. Soat 20:52 da samolyot bilan aloqa uzildi. Ekipaj Haymana hududiga favqulodda qo‘nganini xabar qildi, biroq keyinchalik aloqa uzildi.
Samolyotda besh nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ular orasida Liviya Qurolli kuchlari Bosh shtab boshlig‘i general Muhammad Ali Ahmad al-Haddod ham bor”, — dedi u va qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq berilishini ta’kidladi.