Bugun 20 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

"Liverpul" Vinisius uchun katta taklif yuborishi mumkin

"Liverpul" Vinisius uchun katta taklif yuborishi mumkin

Madridning "Real" klubi vingeri Vinisius Junior faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Fichajes xabariga ko‘ra, "Liverpul" Xabi Alonso bilan munosabatlari tarangligicha qolayotgan 25 yoshli braziliyalik yulduzi uchun 100 million yevro taklif qilishi mumkin.

Mersisaydliklar Vini chap qanot hujumida yetakchilikni qo‘lga olishi va hujumda Muhammad Salohga tushayotgan bosimni pasaytirishiga ishonmoqda.

Vinisiusning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Hozircha tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmayapti.

Kiritildi: 23:41 19.11.2025. O'qildi: 308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!