Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

"Liverpul" "Barselona" futbolchisini 50 million yevroga sotib olmoqchi

A A A
"Liverpul" "Barselona" futbolchisini 50 million yevroga sotib olmoqchi

"Liverpul" "Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopesga qiziqish bildirmoqda.

21 yoshli futbolchi Xans-Diter Flik jamoasining asosiy tarkibidan doimiy o‘rin olmagan, shu bois u jamoadan ketish haqida o‘ylamoqda. Transfer News Live nashrining El Nacional nashriga tayanib xabar berishicha, ispaniyalik futbolchini "Liverpul" o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Angliya grandi xavbekni 50 mln yevroga baholamoqda.

Shuningdek, Fermin Lopesga Madridning "Atletiko," "Aston Villa," "Nyukasl" va "Manchester Yunayted" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, futbolchining narxi roppa-rosa 50 mln yevroni tashkil etadi.

Lopes joriy mavsum "Barselona" safida 34 ta o‘yinda 5 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 08:51 11.04.2025. O'qildi: 546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!