Isroilning Livanning Shuf tumanidagi binoni o‘qqa tutishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi yaralandi.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘qqa tutilgan nishon Livan tog‘i viloyatining Shuf tumanidagi Djun qishlog‘i bo‘lgan.
Boshqarmaning aniqlik kiritishicha, halok bo‘lganlar ro‘yxatida 8 nafar ayol va 4 nafar bola bor. Hujum 12 noyabr, seshanba kuni kechqurun sodir etilgan. O‘qqa tutilgan hududda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Isroil-Livan chegarasidagi keskinlik 2023 yilning 8 oktyabrida, G‘azo sektoridagi Isroil genosidining ertasiga kuchaydi.
2024 yil sentyabr oyining oxirigacha Hizbulloh va Isroil armiyasi o‘rtasidagi hujumlar davriy bo‘lib turdi.