"Hizbulloh" guruhi Livan hududidan Isroilga 100 ga yaqin snaryad tashladi.
Bu haqda Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) ma’lum qildi.
"Shanba kuni "Hizbulloh" Livandan Isroilga 100 ga yaqin snaryadlar tashladi," - deyiladi armiya matbuot xizmati xabarida. "SAXAL Isroil davlati va xalqini "Hizbulloh" tahdididan himoya qilishda davom etadi," - deya qo‘shimcha qildi Isroil harbiylari.