Livanda 27 sentyabr kuni Isroil havo hujumi natijasida halok bo‘lgan shia «Hizbulloh» harakati yetakchisi uchun uch kunlik motam e’lon qilindi.
Bu haqda respublika hukumatining favqulodda yig‘ilishidan so‘ng uning raisi Najib Mikati ma’lum qildi. U Livan ustidan kelayotgan xavfga qarshi fuqarolarni birlashishga chaqirdi.
«Biz bu muammoga mas’uliyat bilan yondashishimiz va siyosiy kelishmovchiliklarni chetga surishimiz kerak. Bizning birligimiz Isroilga qarshi eng kuchli quroldir”, — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.