So‘nggi 24 soat ichida Isroilning Livan janubidagi havo hujumlari oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi va 174 kishi jarohat oldi.
Bu haqda Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.
"2 mart kuni harbiy kuchayish boshlanganidan beri Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 2089 kishidan oshdi, 6762 kishi jarohat oldi. Halok bo‘lganlar orasida 1671 erkak, 166 bola va 252 ayol bor", deyiladi bayonotda.