Livan janubida Isroil harbiy-havo kuchlarining uchuvchisiz uchar qurilmasi pikapga zarba berishi oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, zarba Meys-al-Jebel va Blida shaharlari o‘rtasidagi shosseda harakatlanayotgan avtomobilga berilgan. Raketa zarbasi oqibatida mashina yonib ketgan, unda bo‘lganlarning barchasi halok bo‘lgan.
Janoubia portali ma’lumotlariga ko‘ra, zarba maqsadi "Hizbulloh" harakati faoli bo‘lgan, u bilan birga ikki nafar Suriya fuqarosi halok bo‘lgan.