Gazetaning yozishicha, Jozef Aun AQSh va Eron o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini olqishladi va ushbu mintaqaviy sulhga Livan ham kiritilishiga umid bildirdi. Biroq, Isroil hukumati va armiyasi mamlakat janubida "Hizbulloh" qurolli guruhlariga qarshi janglar davom etishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh va Eron o‘rtasida sulh e’lon qilingan vaqtdan beri Isroil Livan hududiga zarbalar berishda davom etib kelmoqda.
Livan prezidenti ma’muriyati tomonidan e’lon qilingan bayonotda, Aun "mintaqaviy tinchlik Livanni ham barqaror va mustahkam asosda qamrab olishi uchun" mamlakat barcha sa’y-harakatlarni davom ettirishini bildirdi.