Litva Rossiya Federasiyasi bilan chegarani mustahkamlash loyihasi doirasida Neman daryosi orqali Kaliningrad viloyati bilan chegaradosh ko‘prikka “ajdar tishlari” qo‘ydi.
Bu haqda Litva Mudofaa vaziri Laurinas Kashyunas ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Neman daryosi orqali o‘tuvchi ushbu ko‘prik qo‘shimcha ravishda temir to‘siqlar bilan mustahkamlanadi.