Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Litva Rossiyadan kelgan avtomobillarga 6 oy ichida YEIni tark etish majburiyatini yukladi

A A A
Litva Rossiyadan kelgan avtomobillarga 6 oy ichida YEIni tark etish majburiyatini yukladi

2023 yil 11 sentyabrgacha Litvaga kelgan Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan davlat raqamlariga ega avtomobillar ushbu mamlakatni va butun Yevropa Ittifoqi hududini kirgan kundan boshlab olti oy ichida tark etishi kerak. Bu bayonot 29 sentyabr, juma kuni Litva bojxonasi tomonidan e’lon qilindi.

Uning eslatishicha, 2023 yil 11 sentyabrdan boshlab Litva bojxona organlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan Yevropa Ittifoqi tomonidan kiritilgan cheklovlar asosida Rossiya davlat raqamlariga ega avtotransport vositalarini mamlakatga kiritmayapti. Yevropa komissiyasi avvalroq tushuntirganidek, bu cheklovlar Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillarni hatto vaqtinchalik foydalanish uchun olib kirishga ham tegishli.

Kaliningradga tranzit uchun istisno

«Taqiq ushbu transport vositalariga, ularning egasi yoki haydovchisining fuqaroligidan qat’i nazar, amal qiladi», - deya ta’kidlanadi Litva bojxonasi saytida. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan hamda Rossiya fuqarolari Litva hududi orqali Kaliningrad viloyatiga tranzit orqali o‘tishda foydalanadigan avtomobillar uchun istisno qilinadi. Ular FTD tranzit hujjatini taqdim etishi kerak.

Litva bojxonasi, shuningdek, «Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan yoki Rossiyada ishlab chiqarilgan» transport vositalarini sotib olish yoki olib kirish bo‘yicha ogohlantirish berdi. Qonunni buzish jarimaga va/yoki transport vositasi musodara qilinishiga olib kelishi mumkin.

Kiritildi: 14:50 29.09.2023. O'qildi: 1102 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!