Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Litva prezidentining samolyoti dron tufayli Vilnyusga darhol qo‘na olmadi

Litva prezidentining samolyoti dron tufayli Vilnyusga darhol qo‘na olmadi

Bu haqda FlightRadar24 xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Litva prezidenti Gitanas Nausedaning samolyoti 2 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:10 da Helsinkidan uchib chiqqan, keyin mamlakatning markaziy qismi ustida bir muddat aylanib yurgan va soat 21:17 da Vilnyusga qo‘ngan.

Qayd etilishicha, Helsinkidan Vilnyusgacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys odatda taxminan bir yarim soat davom etadi.

LRT nashri ma’lumotiga ko‘ra, Vilnyusning Lepkalnis hududi ustida dron aniqlangan, shu sababli prezidentning samolyoti qo‘na olmagan. Hozircha bu dron kimga tegishli ekani aniqlanmagan.

Kiritildi: 21:48 03.09.2025. O'qildi: 1138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!