Litva prezidenti Gitanas Nausedaning ta’kidlashicha, u Ukrainadagi urushning yaqin uch yilda yakunlanishiga ishonmaydi. Bu haqda u jurnalistlar bilan suhbatda bildirdi.
"Men hozircha tong nuri ko‘rinyapti, deb aytolmayman. Rossiya olg‘a siljishga tayyor emas — u faqat muzokaralarni imitasiya qilmoqda. Albatta, umid qilamanki, urush Yevropa Ittifoqining keyingi ko‘p yillik byudjetigacha hal etiladi. Ammo hozir optimistik fikrda emasman", — dedi Nauseda.
Ma’lumot uchun, EIning yangi ko‘p yillik byudjeti 2028 yildan amalga kirishi rejalashtirilgan.