Oxirgi uch yil ichida Litvaga kelayotgan Markaziy Osiyo fuqarolari soni 14 barobar oshdi.
Litva Davlat xavfsizlik departamenti rahbari Darius Yaunishkis uning bo‘limi barcha sayohatchilarni tekshira olmasligini ta’kidladi, bu esa aksilrazvedka va terrorizmga qarshi kurash sohasida qo‘shimcha xavf tug‘diradi.
Yaunishkisning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi ikki yil ichida razvedka xizmatlari terrorchilik tashkilotlariga aloqador to‘rt nafar xorijlikni aniqlagan. Ularga yashash uchun ruxsatnoma berishni rad etish va Litvaga kirishni taqiqlash tavsiya qilindi.
Litva Bosh vaziri Ingrida Simonite uning bayonotiga javob qaytardi va Markaziy Osiyodan migrasiya kuchayganiga qaramay, uning ko‘lami ahamiyatsizligicha qolayotganini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, yil boshidan buyon atigi bir necha yuz nafar chet el fuqarolari Litvada vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma olgan.