Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Liftdagi dahshatli qotillik

A A A
Liftdagi dahshatli qotillik

Kiyevning Akademik Glushkov 41 ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida notanish ayolning jasadi topildi. Marhuma 8 qavatda to‘xtab qolgan lift ichida aniqlandi. Bu haqda 3 iyul kuni soat 17:20da milisiya xodimlarining «Axborot xizmati» bo‘limiga ma’lum qilingan deya xabar berdi «segodnya.ua».

Ma’lum bo‘lishicha, topilgan murda 1952 yil tug‘ilgan ayolga tegishli bo‘lib, liftning ichi qon bilan qoplangan bo‘lgan. Tekshiruvlardan aniqlanishicha, ayolga bir necha marotaba oshxona pichog‘i bilan tanasining turli joylariga jarohat yetkazibgina qolmay, bolg‘a bilan ham urishgan. Milisiya xodimlari lift yonida  joylashgan axlat chelagidan esa qonga belangan pichoq va bolg‘achani topishdi.

Gumonlanuvchining shaxsi aniqlandi. U xuddi shu qavatda turuvchi 1977 yil tug‘ilgan Tanasiychuk Aleksandr Dmitriyevich bo‘lib chiqdi.  U 40-45 yoshlarda bo‘lib, bo‘yi 1.60-1.65, sochi qora sal kaltaroq bo‘lgan erkak. Taxminlarga qaraganda, qotil ruhiy xasta bo‘lib, ayolni nima sababdan o‘ldirgani noma’lum.

Kiritildi: 14:39 04.07.2018. O'qildi: 2191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik