Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Liberiyada maymun chechagi bilan kasallanganlar soni 78 taga yetdi

Liberiyada maymun chechagi bilan kasallanganlar soni 78 taga yetdi

G‘arbiy Afrikadagi Liberiya Respublikasida yil boshidan buyon maymunchechak (mpox) virusini yuqtirish bilan bog‘liq 78 ta holat qayd etildi, deb xabar beradi Anadolu.

Milliy sog‘liqni saqlash instituti (NPHIL) rahbari Dugbe Kris Nyanning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda xavfli virusni yuqtirishning yana to‘rtta yangi holati aniqlangan.

Virus tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari doirasida Liberiya o‘tgan oy Yevropa Komissiyasining Sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda vaziyatlar bo‘limidan mpox virusiga qarshi 10,8 ming doza vaksina olgan.

Hayvonlar va odamlar orqali yuqadi

Maymun chechagi kalamush kabi kemiruvchilardan, shuningdek, ushbu virus bilan kasallangan odamlardan yuqadi.

Birinchi alomatlar odatda infeksiyadan keyin 5-21 kun ichida paydo bo‘ladi. Bularga yuqori isitma, bosh og‘rig‘i, bel va mushak og‘rig‘i, kengaygan limfa tugunlari, zaiflik, titroq va teri toshmasi kiradi.

Mpox virusi uchun maxsus davolash mavjud emas. Davolash antiviral preparatlar bilan amalga oshiriladi. Ko‘pgina bemorlar yengil kasallikka duch kelishadi va bir necha hafta ichida tuzalib ketadilar.

Kiritildi: 23:14 20.05.2025. O'qildi: 563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!