Robert Levandovski Lionel Messi yana «Barselona»ga qaytishini istamoqda.
«Messining o‘rni – «Barsa»da va u jamoaga qaytsa, bu shunchaki ajoyib ish bo‘lardi.
Uning joyi «Barselona»da ekanini barchamiz bilamiz. Nima bo‘lishini bilmayman, ammo umid qilamanki, keyingi mavsum biz birga o‘ynaymiz», - deydi polshalik forvard Mundo Deportivo nashriga.
Avvalroq, «Barselona» bosh murabbiyi Xavi Lionel Messining jamoaga qaytishi ehtimoli haqida gapirib, muxlislar uni qaytishini kutayotganini aytgandi.
Ma’lumot uchun, Messining «PSJ» bilan amaldagi kelishuvi yozda yakuniga yetadi. Futbolchi parijliklar bilan yangi shartnoma imzolamagan.