“Leapmotor” O‘zbekistonda rasman ish boshlash niyatida. 13 aprel kuni “Leapmotor” kompaniyasi rasmiy xat orqali O‘zbekistondagi texnik tartibga solish organlariga rasmiy murojaat bilan chiqqan.
Unda kompaniya C16 avtomodelining ro‘yxatdan o‘tmagan distribyutorlar orqali olib kirilganini tan oldi va bu bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga tayyorligini bildirdi.
Murojaatda kompaniya, shuningdek, quyidagilarni ma’lum qilgan:
🔸Kompaniya faoliyati faqat rasmiy distribyutor orqali olib boriladi;
🔸Ruxsatsiz olib kirilgan avtomobillar uchun kafolat va xizmat ko‘rsatilmaydi;
🔸Yaqin 14 kun ichida “UzTest” mutaxassislari ishtirokida kompaniya zavodida texnik tekshiruv o‘tkaziladi. U yerda B10EV va B10EREV modellari bo‘yicha sinov natijalari taqdim etiladi;
🔸Transport vositalarini sertifikatlash jarayonlari yaqin vaqtda yakunlanadi;
🔸“UzTest” bilan sifat nazoratini kuchaytirish maqsadida hamkorlik kengaytiriladi.