O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan «Lazgi» Xalqaro raqs festivali 29 aprel kuni yakuniga yetdi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonlik raqqosa Dilnoza Ortiqova gran-priga loyiq deb topilgan va 7 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlangan.
«Eng yaxshi raqs jamoasi» nominasiyasi bo‘yicha:
-
1-o‘rin Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining «Tumor» raqs ansambli;
-
2-o‘rin O‘zbekiston davlat filarmoniyasining «Navbahor» ashula va raqs ansambli hamda Fikrat Aminov nomidagi Ozarbayjon davlat ashula va raqs ansambli;
-
3-o‘rin Qirg‘izistonning «Shattik» raqs ansambli hamda Turkiyaning «Inegol» xalq raqslari ansambli.
«Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi» nominasiyasi bo‘yicha:
-
1-o‘rin o‘zbekistonlik Sherzod Kenjaboyev va qozog‘istonlik Gulnur Kassimbek;
-
2-o‘rin hindistonlik Nidxi Misra hamda o‘zbekistonlik Feruza Azatova;
-
3-o‘rin ispaniyalik Nereya Fernandes hamda rossiyalik Kristina Kovrova va Nikita Gruzdev.
«Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs» nominasiyasi bo‘yicha:
-
1-o‘rin Bolgariyaning «Pirin» raqs jamoasi;
-
2-o‘rin O‘zbekiston davlat filarmoniyasining «O‘zbekiston» ashula va raqs ansambli hamda Tojikistonning «Zebo» ansambli;
-
3-o‘rin Serbiyaning «Sveti dordi» raqs jamoasi hamda Misrning «Tannura» raqs jamoasi.
Har bir nominasiya g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari, statuetka hamda noutbuk bilan taqdirlandi:
- 1-o‘rin — 5000 dollar;
- 2-o‘rin — 3000 dollar;
- 3-o‘rin — 2000 dollar.
G‘oliblarga mukofotlarni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov topshirdi.