Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Lavrov: Moldova Ukrainadan keyin «antirossiya markazi»ga aylanadi

Lavrov: Moldova Ukrainadan keyin «antirossiya markazi»ga aylanadi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya matbuotiga bergan intervyusida Moldovani Ukrainadan keyingi «antirossiya markazi» deb atadi.

Avvalroq u G‘arb Moldovani ikkinchi Ukrainaga, Rossiyaga qarshi kayfiyat kuchli davlatga aylantirishga urinayotganini bir necha bor ta’kidlagan edi.

Payshanba kungi bayonotida u Moldova prezidenti Mayya Sandu Rossiyaga ochiqdan-ochiq dushmanlik siyosatini olib borayotganini va, Lavrov aytganidek, G‘arbni rozi qilish uchun hamma narsaga tayyorligini aytdi.

Masalan, uning so‘zlariga ko‘ra, Sandu NATOga a’zo bo‘lishni istaydi va Ruminiya fuqaroligiga ega bo‘lib, Moldovani Ruminiya bilan birlashtirishni orzu qiladi.

Lavrov, shuningdek, postsovet hududidagi boshqa mamlakatlarning «Ukraina yo‘lidan» borish istiqbollarini ham baholadi.

Markaziy Osiyoda, deydi u, G‘arb o‘z ta’sirini o‘rnatishga «harakat qilmoqda», lekin ular javob bermayapti.

Gruziya, Lavrovning fikricha, Rossiya bilan do‘stlikdan manfaatdor.

Kiritildi: 15:42 02.02.2023. O'qildi: 2768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!