Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Lavrov: Isroil va AQShning Eron yadroviy ob’ektlariga hujumlari — BMT Ustavi va MAGATE qarorlarini qo‘pol buzishdir

Lavrov: Isroil va AQShning Eron yadroviy ob’ektlariga hujumlari — BMT Ustavi va MAGATE qarorlarini qo‘pol buzishdir

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Isroil va AQSh tomonidan Eronning yadroviy ob’ektlariga qilingan hujumlarni BMT Ustavi va Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) qarorlarini qo‘pol ravishda buzish deb baholadi. Bu haqda u “Primakov o‘qishlari” XI xalqaro ilmiy-ekspert forumida so‘zga chiqqan paytda ma’lum qildi.

«Isroil va AQSh tomonidan Eronga qarshi, jumladan, uning tinch yadroviy dasturi ob’ektlariga qarshi amalga oshirilgan kuch ishlatish harakati — Yaqin Sharqda keskinlikni oshirdi. Bu harakatlar BMT Ustavi, MAGATE Ustavi, BMT va MAGATE rezolyusiyalarini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi. Bu hujjatlarda tinch yadroviy ob’ektlarga taalluq qilmaslik qat’iy belgilangan. Bu — xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yorlariga ziddir», — dedi Lavrov.

Rossiya tomoni xalqaro hamjamiyatni vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishga va xalqaro normalarga rioya qilishga chaqirmoqda.

Kiritildi: 17:40 24.06.2025. O'qildi: 423 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!