Latviyada qiruvchi samolyot mamlakat havo maydoniga kirgan dronni yo‘q qildi.
Bu haqda Latviya Qurolli Kuchlari ijtimoiy tarmoq sahifasida e’lon qildi.
"Sizga havo maydoniga tahdid o‘tganini ma’lum qilamiz. Ittifoqchi qiruvchi samolyotlar Latviya havo maydoniga kirgan uchuvchisiz uchish apparatini muvaffaqiyatli urib tushirdi", deyiladi bayonotda.
Taxminan soat 4:00 da Augshdaugava, Preyli, Rezekne va Balvining sharqiy va janubi-sharqiy hududlarida havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi.
Harbiylar yarim soatdan kamroq vaqt o‘tgach, dron yo‘q qilingani haqida xabar berishdi.