Latviya 1000 dan ortiq dronlarni Ukrainaga topshirish uchun tayyorladi.
Bu haqda Latviya mudofaa vaziri Andris Spruds ma’lum qildi/
"Latviya dron ishlab chiqaruvchilari bilan birgalikda biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz, u har xil turdagi 1000 dan ortiq jangovar dronlardan iborat bo‘lgan oxirgi partiya tayyorlandi”, — deb yozadi Spruds.
Uning ta’kidlashicha, dron koalisiyasiga Latviya va Buyuk Britaniya boshchilik qiladi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 2025 yilda Latviya koalisiya doirasida dronlarni sotib olish uchun yana 20 million yevro ajratadi.