Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Latviya Rossiya elchisiga muhlat berdi

Latviya Rossiya elchisiga muhlat berdi

Latviya Tashqi ishlar vazirligi bugun Rossiya elchisi Mixail Vaninga 24 fevralgacha ketishi kerakligini ma’lum qildi.

Yanvar oyida Estoniya Tashqi ishlar vazirligi Moskvadan Rossiya elchixonasi xodimlari sonini qisqartirishni talab qilgandi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bunga javoban Rossiya va Estoniya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar maqomini pasaytirdi. Endilikda davlatlar elchilarini o‘zaro chaqirib olishadi, diplomatik missiyalarni esa vaqtinchalik amaldorlar boshqaradi.

Latviya ham bugun ertalab Rossiya bilan diplomatik aloqalar maqomini pasaytirish niyatida ekanligini e’lon qildi. Rossiya elchisining ketish sanasi esa Rossiyaning Ukraina bilan urushining bir yilligiga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 01:15 24.01.2023. O'qildi: 2442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!