Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

«Lans» bosh direktori Abduqodir Husanovning yanvar oyida jamoani tark etishini tasdiqladi

«Lans» bosh direktori Abduqodir Husanovning yanvar oyida jamoani tark etishini tasdiqladi

"Lans" himoyachisi Abduqodir Husanov yanvar oyida jamoani tark etadi. Bu haqda klubning bosh direktori Pyer Dreossi ma’lum qildi.

Jumladan u shunday dedi: "Husanov klubni tark etadi, ammo hozircha yaxshi takliflar bo‘lmadi".

Husanov 2023 yil iyul oyida "Lans" jamoasiga qo‘shilgandan beri jamoada o‘ziga xos o‘yini bilan ajralib turdi va Yevropa klublari, xususan, Angliya Premyer-Ligasi jamoalarining qiziqishiga sabab bo‘ldi.

"Manchester Siti" uni o‘z kelajagi uchun iqtidorli o‘yinchi sifatida ko‘rib chiqmoqda. Abduqodirning narxi taxminan 20 million funt sterling deb baholanmoqda. Husanovning o‘zi ham katta jamoalarga o‘tishga tayyor.

Yanvar oyidagi transfer oynasi davomida Husanov qaysi jamoaga o‘tishini vaqt ko‘rsatadi. Klubni qanoatlantiradigan taklif bo‘lsa, uning ketishi aniq ko‘rinadi.

Kiritildi: 01:10 06.01.2025. O'qildi: 1308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!