"Barselona" vingeri Lamin Yamal Lionel Messi bilan solishtirishga munosabat bildirdi.
"Men har doim o‘z yo‘limni yaratishga harakat qilganman. Albatta, Messi men uchun tarixdagi eng buyuk futbolchi. U men kabi chap oyoqda o‘ynaydi. U menga o‘xshab o‘ng qanot vingeri sifatida o‘ynadi. Bizda, albatta, umumiy jihatlar ko‘p va bu yaxshi. Men o‘z yo‘limni yaratmoqchiman. Messi afsonaviy hikoya yozgan. Men ham xuddi shunday muvaffaqiyatga erishaman, degan umiddaman, o‘z karyeramni, men ham o‘z nomimni yozishni xohlayman. Odamlar meni Lamin Yamal deb eslashlarini xohlayman", - dedi Yamal Goal.com bilan suhbatda.
Yakshanba kuni Lamin Yamal 18 yoshga to‘ladi.