bu haqda CNN nashri xabar bermoqda.
Telekanal Maxar Technologies kompaniyasi tomonidan olingan sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga asoslanib, may oyida suvga tushirilish paytida shikastlangan Shimoliy Koreya harbiy kemasm Rossiya bilan chegaradosh Xamgyon-Pukto viloyatidagi Rajin portining quruq dokiga ko‘chirilgani haqida xabar bermoqda.
CNN'ning qayd etishicha, Rajin garchi harbiy kema halokati yuz bergan Chxondjin shahridagi kemasozlik zavodi kabi yirik kemasozlik korxonasiga ega bo‘lmasa-da, u yerda kichik ta’mirlash ishlari va texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari mavjud.
Tahlilchilarning fikricha, kemaning Rossiya chegarasi yaqinidagi portga jo‘natilishi Rossiyaning ta’mirlash ishlarida ishtirok etishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Suv sig‘imi besh ming tonna bo‘lgan yangi harbiy kema 21 may kuni suvga tushirilayotganda ag‘darilib ketgandi. Halokat yuz bergan marosimda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In ham ishtirok etgan edi. U bu hodisani "mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat" deb atagan edi. KXDRda harbiy kema halokati ishi bo‘yicha kamida uch kishi hibsga olingan.