Bu haqda Soy Son Xi Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar chog‘ida aytib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiyani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
«Munosabatlar yengilmas harbiy do‘stlik, shuningdek, yuz yillik istiqboldagi strategik munosabatlar yangi pog‘onaga ko‘tarilmoqda. <...> G‘alabali kungacha biz doimo rossiyalik o‘rtoqlarimizning yonida mustahkam turamiz», — dedi Soy Son Xi.
O‘z navbatida, Lavrov KXDR bilan hamkorlik «strategik xususiyatga ega, jumladan, siyosiy muloqotning jadalligi nuqtai nazaridan» ekanini tasdiqladi. Uning ta’kidlashicha, razvedka xizmatlari orqali Rossiya Federasiyasi va Shimoliy Koreya armiyalari rahbariyati o‘rtasida «juda yaqin aloqalar» o‘rnatilgan.
Avvalroq Janubiy Koreya Milliy xavfsizlik kengashi Rossiyada KXDRning 11 ming harbiy xizmatchisi borligi haqida xabar bergan edi. Departament ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya fuqarolarining bir qismi Kursk viloyatiga, boshqalari esa Donbassga yuborilishi mumkin.
Bungacha Vladimir Putin Shimoliy Koreya qo‘shinlari Rossiyada borligi haqidagi ma’lumotni rad etmagan edi. U shunday dedi: «Nima va qanday qilish bizning ishimizdir.»