Avvalroq Shimoliy Koreya davlat matbuoti Kimning Yadro qurollari institutiga tashrifi haqida xabar bergan edi, u yerda qurol uchun yuqori boyitilgan uran sentrifugalarda ishlab chiqariladi. Shuningdek, KXDR yetakchisi yadroviy zaxiralarni ko‘paytirishga buyruq bergani ma’lum bo‘ldi.
"Shimoliy Koreya uranni o‘z ehtiyojlari uchun zarur bo‘lganidan ham ko‘proq hajmda boyitishi mumkin. Ular sezilarli miqdorda yadroviy zahira yaratish uchun yetarli darajada boyitilgan uran ishlab chiqargan. Asosiy tashvish shundaki, ortiqcha miqdordagi uran eng yuqori narx taklif qilgan davlatga yo‘naltirilishi mumkin", — deya fikr bildirdi amerikalik yadroviy qurol muhandisi va MAGATEning xavfsizlik choralari bo‘yicha sobiq direktori Robert Kelli.