— Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish amalga oshiriladi. Ya’ni tashkilotlar tomonidan kvotalar beligilanadigan.
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarga quyidagilar kiradi:
– o‘n to‘rt yoshgacha va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz ota, yolg‘iz onalar va ko‘p bolali oilalar;
– umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari;
– safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni o‘tagan va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar;
– nogironlar va pensiyaoldi yoshidagi shaxslar;
– jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga ko‘ra tibbiy tusdagi majburlov choralari qo‘llanilishidan ozod qilingan shaxslar;
– odam savdosi qurbonlari.