Kiyev viloyatining Pereyaslav-Xmelnisk shahrida yigit o‘z xotinini himoya qilish maqsadida uning otasini o‘ldirganligi haqida polisiyaning matbuot xizmati ma’lumotiga tayangan holda «segodnya.ua» sayti xabar bermoqda.
Xabarlarga ko‘ra, yigit xotini bilan otasining janjalini to‘xtatish uchun 45 yoshli jabrlanuvchini itarib yuboradi. Buning natijasida erkak temir batareyalar ustiga boshi bilan yiqiladi va miyasiga qon quyiladi. Bu hodisa uning o‘limi bilan tugaydi.
Yigitni shu zahoti qo‘lga olishadi. Polisiya ayblanuvchini maxsus izalyatorda saqlamoqda. Surishtiruv ishlari davom etib, hozirda Ukraina Jinoyat kodeksining «Qasddan odam o‘ldirish» moddasiga asosan ayblanmoqda.