Kuvaytda jahondagi eng baland osmono‘par binoni qurish rejalashtirmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu Burj Xalifaga raqobatchi bino bo‘lishi mumkin.
Balandligi 1 km bo‘lgan Burj Mubarak minorasi 234 qavatdan iborat bo‘ladi va 7 ming kishini o‘z bag‘riga oladi. Minora Kuvaytning Madinat-ul-Harir («Ipak shahar») megaloyihasining bir qismi bo‘ladi.