Bu haqda UQK bosh qo‘mondoni Sirskiy ma’lum qildi.
Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyning aytishicha, joriy yilning may oyida Ukraina razvedkasi Rossiyaning Ukraina shimolida “bufer zona” yaratish uchun Kursk viloyatidan Sumi yo‘nalishida hujum qilish rejasini tasdiqladi. Qayd etilishicha, bu Rossiyaning Xarkov yo‘nalishidagi operasiyasining davomi bo‘lishi kerak.
Aynan shuning uchun, bosh qo‘mondonning so‘zlariga ko‘ra, hujum operasiyasini o‘tkazish va Kursk viloyatidagi dushman hududiga jangovar harakatlarni ko‘chirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.