Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ruslar hujumga o‘tgan Kursk viloyatidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi.
Prezident Oliy Bosh Qo‘mondonlik shtabining yakunlari bo‘yicha o‘zining telegram-kanalida mintaqadagi vaziyatni tilga oldi.
Bosh qarorgohda Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Zelenskiyga «ruslarning Kursk viloyatidagi mudofaa tizimini yorib o‘tishga urinishlari beshinchi kundan beri davom etayotganini» ma’lum qildi.
Umuman olganda, butun front chizig‘i bo‘ylab faol janglar ketmoqda, "ayniqsa Pokrovskiy va Kuraxovsk yo‘nalishlarida shafqatsiz janglar bo‘lmoqda," deyiladi xabarda.