Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Kursantlar paxta terimiga jalb qilingani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Kursantlar paxta terimiga jalb qilingani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Davlat bojxona qo‘mitasi kursantlarni paxta yig‘im terim mavsumiga jalb etilgani haqidagi xabarlarni soxta va asossiz deb atadi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Bojxona institutida o‘quv jarayoni tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv reja asosida uzilishlarsiz davom etmoqda.

Institut kursantlarini paxta yig‘im terim mavsumiga jalb etish bo‘yicha biror bir buyruq qabul qilinmagan. Barcha shaxsiy tarkib o‘quv jarayonida to‘liq ishtirok etmoqda.

Avvalroq ayrim internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda Bojxona instituti kursantlaridan paxta yig‘im terim mavsumiga ko‘ngilli asosda jalb etish bo‘yicha “tilxat”lar olinganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.

 

Kiritildi: 14:37 18.09.2019. O'qildi: 2426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!