Ko‘plab G‘arb davlatlari Rossiya bilan qarama-qarshilikka tayyorgarlik ko‘rish uchun majburiy chaqiruvni joriy etish imkoniyatini baholab, harbiy xizmatga bo‘lgan yondashuvini qayta ko‘rib chiqmoqda.
Amerikaning CNN telekanali xabar berishicha, Latviya 2024 yil 1 yanvardan yana majburiy harbiy xizmatni boshladi.
Yana bir NATO a’zosi Norvegiya aprel oyida mudofaa budjetini deyarli ikki baravar oshirish va Qurolli Kuchlarni 20 mingdan ortiq chaqiriluvchilarga to‘ldirishni nazarda tutuvchi uzoq muddatli rejani taqdim etdi.