Surxondaryolik bojxonachilar narkotik moddalarni yashirincha olib o‘tishda navbatdagi “innovasiya”ni fosh etishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.
“Uddaburonlar” avtomobil old o‘rindig‘i g‘ilofining pastki, ko‘z ilg‘amas qismiga “gashish” giyohvandlik vositasini yopishtirib qo‘yishgan. Sirtdan qaralganda esa bu shunchaki g‘ilofdagi dog‘dek taassurot qoldiradi.