Bugun, 16 iyul kuni Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa oqibatlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 14:40 da Ko‘kdala tumani, «Oltindala» MFYda joylashgan aholiga gaz to‘ldirish stansiyasi hududida yoqilg‘i saqlash rezervuarida chaqnash va undan so‘ng yong‘in kelib chiqqanligi bo‘yicha FVBga xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:45 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:00 da o‘rab olingan va soat 15:35 da to‘liq o‘chirilgan.
Xabarda texnogen avariya sabablari haqida ma’lumot berilmagan.
Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaroning halok bo‘lgan.
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.