Bugun 7 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

“Ko‘k kit” o‘yinining yana bir yaratuvchisi hibsga olindi

“Ko‘k kit” o‘yinining yana bir yaratuvchisi hibsga olindi

2015 yilda Rossiyada chiqqan va butun dunyoga yoyilib, 130 ta insonning o‘limiga sabab bo‘lgan “Ko‘k kit” o‘yinining yaratuvchilaridan yana biri hibsga olindi.

Nikita Nearonov ismli rossiyalik yigit 10 ta bolaning o‘z joniga qasd qilinishida aybdor deb hisoblanmoqda. Bundan tashqari, u 40 nafarlik bitta guruh bilan o‘yinga bog‘liq yozishmalar olib borgani ma’lum bo‘lgan.

Milisiya uning Moskvada moliya mutaxassisi kabi yuksak maoshli bir ishda ishlashini qayd etgan. Neoronov o‘z qurbonlarini Rossiyada keng foydalanadigan “VK” va Telegram vositasida tanlar ekan.

Esingizda bo‘lsa, Rossiyada 2015 yilda o‘yinning asosiy yaratuvchisi, ruhiy xasta bo‘lgan talaba Filipp Boyedek 16 bolaning o‘z joniga qasd qilishida ayblanib, hibsga olingan, o‘yin to‘xtatib qo‘yilgandi. Ammo o‘limlar soni kamayavermagach, surishtiruv ishlari keng quloch yozib, uning yana bitta yaratuvchisi Ilya Sidirov ham hibsga olingan. Nikita Neoronov uchinchisi hisoblanadi.

Kiritildi: 13:45 23.06.2018. O'qildi: 2383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!