Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

KO‘JCH. «PSJ» «Bavariya»ni mag‘lub etdi va yarim finalga yo‘l oldi

KO‘JCH. «PSJ» «Bavariya»ni mag‘lub etdi va yarim finalga yo‘l oldi

AQShning Atlanta shahridagi «Mersedes-Bens Stedium» stadionida Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati musobaqasining chorak final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Fransiyaning “PSJ” jamoasi Germaniyaning “Bavariya” klubini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. O‘yin taqdirini hal qilgan gollar esa o‘yin so‘ngida urildi. Parijliklar safida gollar mualliflari Dezire Due va Usman Dembele bo‘ldi. Ikkinchi gol jamoa 9 nafar futbolchi bilan harakat qilayotgan paytda urishdi. Uchrashuvning so‘nggi qismlarida PSJ futbolchilari Vilyam Pacho va Lukas Ernandes to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib maydonni tark etishdi.

Yarim finalda PSJ “Real” — “Borussiya” (Dortmund) juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Bu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati — 2025. 1/4 final
2025 yil 5 iyul, shanba.
PSJ (Parij, Fransiya) – “Bavariya” (Myunxen, Germaniya) - 2:0
Gollar: 1:0 — Dezire Due, 78; 2:0 — Usman Dembele, 90+6.
Qizil kartochkalar: Pacho — 82, Ernandes — 90+2-daqiqa (ikkisi — “PSJ”).

Kiritildi: 23:55 05.07.2025. O'qildi: 899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!