Evropa spirtli ichimlik iste’molini kamaytirish bo‘yicha aytarli muvaffaqiyatga erisha olmadi. 53 davlatni birlashtirgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotiga ko‘ra, ko‘hna qit’ada yashovchi odamlar aholi jon boshiga hisoblaganda eng ko‘p spirtli ichimlik iste’mol qiladi. So‘nggi yillarda faqat aksiz solig‘ini oshirish va alkogol mavjudligini cheklash bo‘yicha keskin choralar ko‘rgan Rossiya Federasiyasi, Turkiya va Ukrainada mazkur salbiy holatni sezilarli darajada kamaytirishga erishildi. Afsuski, YEI mamlakatlarida o‘n yildan ortiq vaqt davomida bu sohada ijobiy o‘zgarish kuzatilmadi.