Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Kuchli shamol quyosh panellariga qay darajada zarar yetkazdi? – Energetika vazirligi munosabat bildirdi

A A A
Kuchli shamol quyosh panellariga qay darajada zarar yetkazdi? – Energetika vazirligi munosabat bildirdi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Sherobod tumanida barpo etilayotgan quyosh fotoelektr stansiyasida kuchli shamol tufayli quyosh panellariga zarar yetgani haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat bo‘yicha Energetika vazirligi matbuot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev O‘zA muxbiriga quyidagilarni ma’lum qildi:

– Mazkur hodisa joriy yilning 28 yanvar kuni yuz bergan va u ijtimoiy tarmoqlarda 30 yanvar kuni tarqaldi. Bu voqeaga turli munosabatlar bildirilgani kuzatildi. Oydinlik kiritadigan bo‘lsak, shamol tabiat hodisasi va uning ta’sirida har qanday holatlar kuzatilishi mumkin.

Sodir bo‘lgan vaziyat yuzasidan avvalroq Sherobod tumani hokimligi axborot xizmati ham munosabat bildirdi.

Aytish kerakki, mazkur loyiha Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan 100 foiz xorijiy investisiyalar hisobiga amalga oshirilmoqda va unga O‘zbekiston tomonidan hech qanday mablag‘ ajratilmagan. Loyiha ishga tushirilgach, shartnoma asosida 25 yil muddat mobaynida elektr energiyasini ishlab chiqarish va sotish ko‘zda tutilgan.

Mazkur fotoelektr stansiyasi hududida sodir bo‘lgan kuchli shamol tufayli hali to‘liq o‘rnatilmagan quyosh panellarining 91 donasi yerga tushib ketgan. Hozirgi vaqtda ularning texnik holati o‘rganilmoqda va yaroqli panellarni o‘rnatish ishlari ketmoqda.

Shuni ta’kidlash lozimki, loyiha doirasida 1 millionga yaqin quyosh panellarining o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Qurilish jarayoniga ikki mingdan ortiq mahalliy aholi jalb qilingan.

Qurilish jarayonida quyosh panellarining yaroqsiz holatga kelishi mumkinligi e’tiborga olingan bo‘lib, qo‘shimcha quyosh panellari zaxira sifatida olib kelingan.

Mahalliy jamoatchilik faollaridan ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini iltimos qilamiz, – dedi H.Toshxo‘jayev.

Kiritildi: 12:35 31.01.2024. O'qildi: 1165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!